«Selta» hujumchisi Yago Aspas «Barselona» darvozasiga urgan goli haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Biz murabbiylarimiz bilan «Barselona»ning jonli devori qanday sakrashini ko'rib chiqqandik. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Darvoza ustuni va jonli devor orasida bo'sh joy ko'rdim hamda zarba berdim.Bu aqlbovar qilmas holat. Biz La ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz, ammo «Barselona»ga qarshi o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatini qo'ldan chiqarganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi. Ikkinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. Birinchi taymda gol urish uchun 3ta ajoyib imkoniyatga ega bo'ldik, ammo tanaffusga qadar maydonda o'zimizni yaxshi his qilmayotgan edik. Ikkinchi bo'limda esa bosimni oshirdik.«Barselona» ikkinchi golni urgan paytda biz xato qildik. Keyin esa hisobni tenglashtirdik. O'yin so'ngida g'alabani ilib ketishimiz mumkin edi. So'nggi o'yinlarda 12 imkoniyatdan 8 ochko jamg'ardik. Bundan xursandmiz», — dedi Aspas "Mundo Deportivo"ga bergan intervyusida.
28-Iyun 2020,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0