Braziliyaning "Santos" klubi 2013 yilda o'z futbolchisi Neymarni "Barselona"ga sotgan edi. Ushbu klub "ko'k-anorranglilar" hujumchining transferini amalga oshirishda ayrim qallobliklarga qo'l urgan deb hisoblab, 61 mln. 295 ming evro undirish maqsadida Sport arbitraj sudiga murojaat qilgan edi. Sud esa barcha hujjatlarni o'rganib chiqib, "Barsa" foydasiga qaror qabul qildi: 1. "Santos" va o'yinchi o'rtasidagi shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuviga muvofiq bekor qilingan. 2. "Barselona" mazkur transfer doirasida Neymarning otasi va "N&N" kompaniyasiga to'lab bergan qo'shimcha mublag' qonunga xilof emas. 3. "Barsa" Neymarning transferini amalga oshirishda "Santos" va futbolchi bilan dastlabki shartnomani imzolash paytida qalloblikka qo'l urmagan.4. Sud xarajatlari bilan bog'liq 18 ming evro miqdoridagi mablag'ni "Santos" "Barselona" hisob-raqamiga o'tkazib beradi.Eslatib o'tamiz, Neymar 2013 yilning iyul oyida 88 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgan edi. U 4 yil davomida kataloniyaliklar safida 186ta o'yinda maydonga tushib, 105ta gol urdi va 77ta golga uzatma berdi. 2017 yilning avgust oyida u 222 million evro evaziga "PSJ" safiga o'tib ketdi.
8-Iyul 2020,16:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0