
Entoni Gordonning transferidan so'ng «Barselona» vinger Markus Reshfordni xarid qilish bo'yicha muzokaralarga e'tiborini qaratdi, biroq muzokaralar og'ir kechmoqda.
Kataloniyaliklar «Manchester Yunayted» futbolchisini 15 iyunga qadar sotib olish huquqiga ega, ammo ular kelishuv shartlarini qayta ko'rib chiqishga, ya'ni narxni pasaytirishga yoki yangi ijara shartnomasiga kelishib olishga urinmoqda.
Bunday yondashuv «Old Trafford»da norozilik uyg'otdi. «Qizil iblislar» rahbariyati muzokaralarni to'xtatish va o'yinchini boshqa klubga sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Shunday vaziyatda Reshfordga «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Daily Mirror ma'lumotlariga ko'ra, «qarg'alar» vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va agar futbolchi transfer bozoriga chiqsa, unga taklif berishga tayyor.
O'tgan mavsumda «Nyukasl» darajasidagi klublarning takliflariga qiziqmagan Reshford barcha musobaqalarda jami 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
424