«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann bugun ertalab tibbiy ko'rikdan o'tdi. Haqiqatan ham frantsiyalik futbolchining o'ng oyog'i son qismidagi mushagi jarohat olgani aniqlandi. Ushbu jarohat tufayli Grizmann «Valyadolid»ga qarshi bo'lib o'tgan La liganing 36-tur bahsi (1:0) tanaffusida zaxiraga olingan edi."Ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatishicha, 29 yoshli futbolchi ayni kunlarda maydonga tusha olmadiy. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida ma'lumot berilmadi. "Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, Grizmann «Osasuna» (16 iyul) va «Alaves» (19 iyul)ga qarshi kechadigan chempionatning so'nggi 2ta bahsini o'tkazib yuboradi. U Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi bo'ladigan javob uchrashuvigacha tiklanishga ulguradi.
12-Iyul 2020,16:30