«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni tizzasidagi muammo yana bezovta qila boshladi. Qishda germaniyalik posbonni shunga o'xshash muammo bezovta qilgani uchun bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi. U davolanganidan keyin yana maydonga qaytgan edi.Mazkur muammo tufayli ter Shtegen jarrohlik stoliga yotishiga to'g'ri kelishi mumkin. Klub ham buni instisno qilmayapti. U operatsiya qilinsa, 3-4 oy maydonga tusha olmaydi. Kataloniyaliklar bu borada qarorni Chempionlar ligasi yakunlanganidan keyin qabul qilishadi.2019/20 yilgi mavsumda Mark-Andre ter Shtegen barcha musobaqalar doirasida 44ta uchrashuvda maydonga tushib, 17ta o'yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
25-Iyul 2020,20:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0