Ispaniyaning «Malorka» klubi yarim himoyachisi Luka Romero Ktaaloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi bilan taqqoslashlarini yoqtirmasligini aytib o'tdi.
Romero 15 yosh 219 kunligida asosiy tarkibda maydonga tushib, La Liganing eng yosh futbolchisiga aylandi.
- Messi bilan solishtirishlari meni g'azablantiradi. Messi faqat bitta, men esa o'z ismimni mashhur qilmoqchiman. Luka Romero bo'lishni xohlayman. Men Meksikada tug'ilganman, lekin oilam Argentinalik. Agar meni Argentina terma jamoasiga taklif qilishmoqchi bo'lsa, u holda men ular tarkibida o'ynashga tayyorman. Maydonda pleymeyker vazifasini bajarishni yaxshi ko'raman. «Malorka» safida maydonda mana shu pozitsiya mavjud. Agar bunday pozitsiya bo'lmasa, u holda o'ng qanotda o'ynayman. «Malorka» jamoasi futbolchisiga aylanganimdan keyin ancha o'sishga erishdim. Men ilgari foydalanmagan o'ng oyog'imda yaxshi o'ynashni o'zlashtirdim, — dedi Romero Marca bilan suhbatda.
28-Iyul 2020,13:10