Taniqli WhoScored portali Evropaning top-5 chempionatlari yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. Eng ko'p vakil (4 nafar) Germaniya bundesligasi va Angliya premer-ligasidan olingan bo'lsa, Italiya A seriyasidan ikki futbolchi (ulardan biri — Krishtianu Ronaldu) jamoaga kiritilgan. La liganing yagona vakili esa Lionel Messi bo'ldi."Breshiya" darvozaboni Essi Yoronen va "Byornli" himoyachisi Jeyms Tarkovskining ramziy jamoadan o'rin olgani kutilmagan qaror bo'ldi."WhoScored" versiyasiga ko'ra 2019/2020 yilgi mavsumning ramziy jamoasi:Darvozabon: Essi Yoronen (Breshiya)Himoyachilar: Rikardo Pereyra (Lester) Virjil van Deyk (Liverpul), Jeyms Tarkovski (Bernli), Alfonso Devis (Bavariya)Yarim himoyachilar: Timo Verner (Leyptsig/Chelsi), Kevin de Bryuyne (Man Siti), Jeydon Sancho (Borussiya D), Lionel Messi (Barselona)Hujumchilar: Robert Levandovski (Bavariya), Krishtianu Ronaldu (Yuventus)
29-Iyul 2020,23:50