Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Umberto Maskio Kataloniyaning "Barselona" klubi sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Men Di Stefano, Pele, Maradon, Kroyflarni ko'rdim, lekin Messi - eng zo'ri. Men ularning bir nechtasiga qarshi o'ynaganman, biroq, qaytaraman Messi - eng zo'ri. ular o'z vaqtida buyuk futbolchilar bo'lgan, biroq zamonaviy futbol bilan u paytdagi futbolning tempida farq bor. Shunchaki Messi kiritayotgan gollarga e'tibor bering.
Messi maydonda kam yuguradi, biroq, kerakli paytda to'p uning oyog'iga yopishib qoladi. Men ajoyib tezlikka ega bo'lgan futbolchilarni ko'rdim, lekin ular to'pni egallab olganlaridan so'ng, yugurish tezligini pasayadi. Leo bilan esa aksincha, bu u ishni fantastik darajada bajaradi", - Maskioning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Diario Sport.
Joriy mavsum Messi 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol kiritdi va 27 ta golga assistentlik qildi.
31-Iyul 2020,02:10