Ushbu oyda futbol ishqibozlari, tobora poyoniga etib borayotgan futbol mavsumining kulminatsiyasiga kirish barobarida, ko'xna qit'aning ikki nufuzli sovrini uchun kechadigan shiddatli bahslardan birin-ketin bahramand bo'lishmoqda. Galda, EChL dorasidagi tugallanmay qolgan nimchorak-final bosqichining ikki qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi.
“Brselona” — “Napoli”
Birinchisi Kataloniyada start oladi. Mezbon, Kike Set'en hamda uning "Barselona"si, milliy chempionat(ham kubok, ham davrali turnir)dagi omadsizlikdan so'ng, bor kuchi va e'tiborini ushbu musobaqada g'alaba qozonishga qaratgan.
Boisi, muxlislar mamlakat doirasidagi kuboklarga harchand ko'z yumsa hamki, uzoq yillardan buyon “Kamp Nou“da ko'rishni istashayotgan EChL bosh sovrinini, jamoasining har bir a'zosidan, hatto, ayni paytda bunga erishishi mushkulot hisoblangan Set'endan ham talab qilishga haqli. Ushbu mavsum, Katalon klubi nom jihatidan davogar bo'lsa ham, ko'rsatilayotgan o'yin, qayd etilayotgan natijalar evropa chempionligini ta'minlay olmaydi! Ayni paytda ko'zga ko'rinarli muammolar atrofida o'rlashib qolgan jamoada, kelishmovchiliklar kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgani yo'q. Avvalroq boshlangan, amaldorlarning o'zaro tushunmovchiliklari, rahbariyat, xususan sport direktor va futbolchilar o'zrtasida yuzaga kelgan va transferlar masalasidagi tushunarsizlik bilan bugungacha davom etayotgan va hokazo ziddiyatlarda, kaltak ispaniyalik mutaxassisning boshiga kelib sinish bo'sag'asida. Jamoani qabul qilib olganidan so'ng, 23 o'yindan 4 tasi durang, 4 tasida mag'lubiyat ,15 ta o'yinda g'alaba qayd etgan murabbiy, pandemiya restartidan keyin jilovni biroz qo'ldan chiqargani evaziga chempionlikni boy berib qo'ydi. Boisi, 11 ta o'yindan 10 tasini o'z foydasiga hal qilgan, “Real Madrid“dan farqli o'laroq, bo'lib o'tgan 11 bahsdan 7 tasida zafar quchildi, 1 tasi mag'lubiyat bilan yakunlandi va muhim pallada zarur bo'lgan ochkolar 3 o'yinda durrang qayd etilishi bilan yo'qotildi. Albatta, boshida uning uslubi jamoaniki bilan hamohang ekanligini ta'kidlaganlar, bugun o'sha falsafaning amalda ishlamayotganligini o'rinli tanqid qilishyapti. Bu yog'iga natijalar yaxshilanmasa, tez orada “Barsa“ning murabbiylik postida boshqa qiyofa ko'rinish berishi, ko'p ehtimol. Lekin, tashqaridan ideal joydek ko'ringan, ichkaridagi holat esa unchalik ham risoladagidek emasligini ko'rgan Sit'en, vaziyatni bundan ham tang ahvolga olib kelmaslikka jonim-otim harakat qilyaptiki, bu yog'iga ishtiroki saqlanib turgan turnir uchun bor kuchini safarbar qilishi kerak. Bo'lg'usi qarama-qarshilik uchun tarkib yaxshi ko'rinishga kelgan. Himoya zonasi qo'riqchilar Klemant Langle va Ronald Arauxolar jarohatdan qayta tiklanishga ulugurishdi, etakchilardan biri Grizman ham kutilmaganda orttirib olgan jarohatidan forig' bo'ldi. Yana bir yangilik boshqa bir frantsuz futbolchisi bilan yuz berdi. O'tgan yilning noyabr oyidan buyon, to'p va yashil maydon bilan uchrashmagan Usman Dembele, lazaret bilan “shartnoma“sini yakunlab, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Diskvalifikatsiya tufayli, maydonda Serxio Buskets hamda Arturo Vidalning pozitsiyalarida yuzaga kelgan bo'shliqni esa, markazdagi boshqa yarim himoyachilar bilan muammosiz to'ldirish mumkin. Kataloniyaliklar 2012 yildan buyon, Italiya klublariga qarshi “Nou Camp“da kechgan, 9 ta bahsdan beri hali biron marta mag'lub bo'lmagan. Messi esa ushbu o'yinlarda to'purar bo'lib turibdi(10 gol). Indallo, balki, biroz kayfiyatni aytmaganda jamoaning EChL bahslari uchun umumiy tayyorgarligi tobida. Zora, chempionlar ligasining ushbu bosqichiga qadar jamoani etaklagan Ernesto Valverdidan estafetani qabul qilib olgan Kike Set'en, Lissabondagi finishga qadar etib borib, g'olib bo'lishi, bo'lib o'tgan dilxiraliklarni yuvib ketsa!
Guruh bosqichini Karlo Anchelotti bilan omadli yakunlagan “Napoli“, pley-offdagi “Barselona“ga qarshi, Jennaro Gattuzo boshchiligida saf tortdi. Dastlabki, “San Paulo“ o'yingohida kechgan to'qnashuvda mezbonlar “Blaugranas“ga etarlicha qarshilik ko'rsata oldi. Raqiblarini butun o'yin mobaynida bosimda ushlab turib, maydon egalari sifatida birinchi bo'lib hisobni ochishdi. Ammo, keyinchalik muvozanat tiklangan bo'lsada, o'z darvozalari tomon yo'llangan zarbalari, uyushtirilgan xavfli hujumlarga munosib javob qaytara olishdi. Endi, mehmondagi bahsda, yanada kuchli va xavfli bo'lishlari talab etiladi. Yangi bosh murabbiy, “PapaCarlo“ ketganidan keyin, 29 ta o'yindan 17 tasida g'alaba qozondi, 8 tasida mag'lubiyatga uchrab, 4 marota durang qayd etdi. Umuman olganda, italiyalik mutaxassis jamoaga yaxshi moslashib keta oldi. Buning isbotini, “Latsio“, “Inter“, “Yuventus“ kabi “A seriya“ning boshqa bir grandlarini mag'lub etib, ega chiqilgan “Italiya kubogi“da ko'rish mumkin.
Ammo, ichki chempionatidagi ishlarni unchalik ham yaxshi deb bo'lmaydi. Neapolliklar, restartdan so'ng 14 ta o'yin(barcha musobaqalarda) o'tkazishib, 3 durrand, 3 mag'lubiyat va 8 g'laba qayd etishdi. Turnir jadvalini esa, nisbatan quyi hisoblangan, 7 o'rinda yakunlashib, jamoaning 2008/09 mavsumdan buyon erishilgan eng yomon ko'rsatgichini qayd etishdi.
Umid qilamizki, bu ishqibozlar intiqqan, shiddatli qarama-qarshilikka ta'sir ko'rsatmaydi. Ammo, ta'sir etadigan boshqa jihat ya'ni, tarkibda yo'qotishlar ham bor. Klubning asosiy etakchilaridan biri Lorentso Insine chempionatning “Latsio“ga qarshi kechgan, so'nngi turida jarohat olgan. Shu sababli, italiyalik hujumchining nimchorak final, javob uchrashuvidagi ishtiroki so'roq ostida. Shuningdek, himoyachi Kostas Manolas ham jarohat sabab, tarkibdan o'rin olish yoki olmasligi aniq emas. “Barsa“bilan o'yindan avval Shu o'rinda jamoalarining o'zaro uchrashuvlardagi statistikasiga ham nazar tashlab o'tish, maqsadga muvofiq. Tomonlar, 2001 yildan beri jami 5 bor ro'baru kelishgan bo'lib, shunda 3 tasida “ko'k anorranglilar“ning qo'li baland kelgan. 1 tasida esa italyanlar zafar quchishgan. 1 o'yin durang bilan yakunlangan. Yaqindagina hujum chizig'ini, “Lill“ jamoasidan, harid qilingan nigeriyalik Viktor Osimxen bilan kuchaytirgan jamoaning yangi mavsum uchun rejalari aniq. Jennaro Gattuzoning ham maqsadiki, neapollliklarni, o'zlari ishtirok etadigan har bir turnirda etakchi o'rinlar uchun jiddiy kurash olib boradigan, haqiqiy raqobatdosh jamoaga aylantirish. Bu ishlar mamlakat kubogi bilan boshlandi, ajabmaski, bu yana bir salmog'i baland titul bilan davom etsa!
“Bavariya” — “Chelsi“
Nimchorak finalning javob uchrashuvlaridan o'rin olgan yana bir qarama-qarshilik doirasida Londonning “Chelsi“ jamoasi Myunxen shahriga safar uyushtiradi. “Stemford Bridj“da kechgan birinchi uchrashuvda yirik hisobda imkoniyatni boy bergan London jamoasi hammasini to'g'rilash uchun harakat qilib ko'radi. Klub Frenk Lempard ixtiyoriga o'tganidan so'ng, kutilgandan ko'proq ishlar bajarildi. So'nggi yillarda APLda, o'z kuchiga ishongan klublar ko'payib bormoqdaki, hatto, grandlar “kuchli oltilik“ emas, ettilik yoki sakkizlik deb atalsa ham xato bo'lmaydi. Mana shunday jamoalarga munosib raqobat tug'dira olib, shimoliy londonliklarni chinakamiga “ochib yuborgan“, APLga yangi kashfiyotlarni taqdim etgan Lempard o'ziga bildirilgan ishonchni to'laqonli oqlay bildi. “Aristokratlar“ni yosh iste'dodlar asosiga qurayotgan murabbiy uchun Hakim Ziesh, Timo Verner kabi kutilgan transferlar ham taqdim etilyapti, yana bir nechta kuchsiz pozitsiyalarga kuchli futbolchilarni olib kelish maqsad qilingan. Restartdan so'ng 13 ta(barcha turnirlarda) o'yin o'tkazib, 4 tasida mag'lubiyat qayd etib, 9 tasida g'alaba qozondi. Mavsum yakunlariga ko'ra, turnir jadvalini 4 o'rinda poyoniga etkazgan jamoa 66 ochko to'plab, yangi mavsum EChLdagi ishtirokni naqd qildi. Mana shunday yorqin mavsumning kulminatsiyasi bo'lishi kutilgan “Angliya kubogi“, Londondinning boshqa bir jamoasiga boy berilgan bo'lsa ham, bunda angliyalik mutaxassisni hech kim ayblamadi. Chunki, uning “ko'klar“ safidagi yutuqlari hali oldinda. “Arsenal“ bilan bahs, shunisi bilan ham qiyin kechdiki, ushbu uchrashuvda murabbiy jarohat sabab, asosiy futbolchilarini yo'qotdi. Kristian Pulishich, Sezar Azpilikueta, Pedro, Ruben Loftus-Chek, Jorjinyo, Markos Alonso kabi etakchilar esa, nimchorak finalning javob o'yinida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. Nima bo'lganda ham ishqibozlar, suyuklilarini qo'llab-quvatlashda davom etishadi. Shunday paytda nega, past darajadagi imkoniyatdan ham maksimum foydalanishga, vaziyatni o'z tomonlariga og'dirishga urinib ko'rmaslik kerak? O'rtaga tikilgan kubokning qiymati juda yuqori. Ishtirokchilardan esa har qanday natija kutish mumkinligini inkor etmagan holda aytish mumkinki, bunday vaziyatda “Chelsi“ni faqat mo''jiza qutqara oladi.
Majburiy tanaffus foydali ta'sir ko'rsatgan kam sonli klublardan biri bu shubhasiz “Bavariya“. Jamoa restartdan keyin o'zi ishtirok etgan musobaqalardagi 12 o'yinning barchasida g'alaba qozondi. “Bundesliga“da 82 ochko bilan mutlaq etakchilik qilib, Germaniya chempioniga aylandi, mamlakat kubogi finalida “Bayer Liverkuzin“ni ham engib, ichki chempionatda “oltin dubl“ qayd etdi. Tarkibdagi aksar futbolchilar ortda qolgan futbol mavsumida eng yaxshilardan deya e'tirof etildi. Robert Levandovski, har mavsumgidanda mahsuldorlik namoyish etdi. Kiritilgan gollar soni(36 ta) bo'yicha peshqadamga aylandi. Bu borada, penaltisiz darvozani ishg'ol qilish ko'rsatgichi bo'yicha ham polshalik hujumchi 29 ta gol bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Shuningdek, “Leva“ ayni paytda, ushbu mavsum EChLda yurishini davom ettirayotgan futbolchilar orasida raqiblar darvozasini, 11 gol, 2 assist bilan eng ko'p bezovta qilgan. Bu ro'yhatning ikkinchi o'rnini, yana bir myunxenlik futbolchi Serj Gnabri band etgan. Uning hisobida 6 ta gol va 1 ta assist mavjud. Jamoa etakchilaridan biri Tomas Myuller esa, bir mavsum, ichki chempionatlarda 20 tadan ortiq golli uzatma amalga oshirgan tarixdagi 5 futbolchidan biriga aylanib, “Bundesliga“da eng yaxshi assistent nomiga sazovor bo'ldi. Bundan tashqari jamoaning yosh istedodlaridan biri, Alfonso Devis ham super mavsum o'tkazib, Germaniya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi. Shu o'rinda, kanadalik himoyachi "Globe Soccer Awards" hisob kitoblariga ko'ra, yilning eng tezkor(soatiga 36,51 km)futbolchisi sifatida e'tirof etildi. Mavsumni yuqori notalarda yakunlashni maqsad qilgan Hans-Diter Flik shogirdlari, “Allianz Arena“da kechadigan o'yinga mutlaqo tayyor deyish mumkin. Tarkibdagi yo'qotishlar unchalik jiddiy emas. Kingsli Koman haqida berilgan savolga bosh murabbiy, fransuz futbolchisining o'rnini Filippe, Koutinyo hamda Ivan Perishichlar bilan to'ldirish mumkinligini ta'kidladi. Undan tashqari, Benjamin Povarning ham jarohat tufayli bahsdagu ishtiroki so'roq ostida. Demakki, o'ng qanot himoyasida katta ehtimol bilan, muxlislar ko'zi o'rganib qolgan, Joshua Kimmix ko'rinish beradi.
Ayni vaziyatda tomonlarning kuchlari teng emasligi oydin. Shu bois, ularning o'zaro o'yinlardagi statistikasiga ham ko'z tashlab o'tish maqsadga muvofiq. Klublar, 2005 yildan aynan evrokuboklarda jami 6 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, shundan 2 ta g'alaba londonliklarga tegishli bo'lsa, 4 marotaba myunxenliklr zafar quchishgan. Umuman olganda,Olmon jamoasidagi imkoniyatlarni hisobga olsak, fokus 2013/14 yilgi “Trebl“ni takrorlashga qaratilganidan EChLning boshqa favoritlari xavotirga tushib qolgan bo'lsa, bejiz emas.
Dadajon Foziljonov
8-Avgust 2020,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0