"Barselona " futbolchilaridan biri koronavirusga chalindi
Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Covid-19 bugun yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan to'qqiz o'yinchidan bittasida aniqlangan.
Bular Pedri, Frantsisko Trinkau, Mateus Fernandes, Jan-Kler Todibo, Mussa Vage, Karles Alenya, Rafinya Alkantara, Xuan Miranda va Oriol Buskets. Ularning hammasi ijaradan qaytishgan edi.
Hozirda virusga chalingan futbolchining nomi oshkor qilinmayapti
Covid-19 ga chalingan futbolchining ahvoli yaxshi ekanligi va o'z uyida izolyatsiyada ekanligi aytilmoqda.
Alohida qayd etish kerakki, futbolchi bugun Lissabonga Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun uchadigan jamoaning biron bir a'zosi bilan bog'lanmagan.
12-Avgust 2020,15:00