«Barselona» yangi himoyachisi Serjino Dest Evropa chempionlar ligasi qur'asi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Kataloniyaliklar «Yuventus», «Dinamo Kiev» va «Ferentsvarosh» bilan bir guruhdan o'rin olishdi.«Messining yonida Ronalduga qarshi o'ynash... Bu muhim palla bo'ladi. Umid qilaman, ushbu vaziyat keladi. U aql bovar qilmas vaziyat bo'ladi.O'z klubim uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Chempionlar ligasi va La ligada g'olib chiqishni istayman. Muxlislar bilan to'lgan «Kamp Nou»ni intizorlik bilan kutyapman."Barsa" tarixidagi ilk amerikalik futbolchi bo'lish — men uchun sharaf. Men barcha yosh futbolchilarni mashg'ulotda sidiqidildan mehnat qilishga chorlayman. Shunda «Barselona» kabi buyuk jamoada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lasiz», – dedi 19 yoshli o'yinchi.
8-Oktyabr 2020,21:00