«Bavariya» boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge «Barselona» hujumchisi Lionel Messini qanday to'xtatish mumkinligi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. Kataloniyaliklar va myunxenliklar Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida o'zaro to'qnash kelishadi.«Men Messini juda hurmat qilaman. U ega bo'lgan xislatlar jahondagi hech bir futbolchida yo'q. U hech kimning yordamisiz yolg'iz o'z o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.Messini diqqat bilan qo'riqlash hamda uning erkin harakatlanishi imkoniyatini cheklash kerak. Uni o'yindan zavq olish imkoniyatidan mahrum qila olsak, Lionelni to'xtatish mumkin. Buni uddalay olsangiz, sizda g'alaba uchun imkoniyat yuzaga keladi», — dedi Rummenigge.Eslatib o'tamiz, «Barselona» — «Bavariya» uchrashuvi 14 avgust kuni bo'lib o'tadi.
13-Avgust 2020,17:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0