Evropa chempionlar ligasining chorak final bochqichidan o'rin olgan «Barselona» va «Bavariya» klublari o'rtasidagi uchrashuvning birinchi bo'limi yakuniga etdi. Raqibga nisbatan yuqori pressing va tajovuzkorlik taklif qilgan myunxenliklar birinchi taymning o'zidayoq "Barsa" darvozasiga 4ta gol urishdi. Tomas Myuller "dubl"ga erishgan bo'lsa, Perishich va Gnabri bittadan gol muallifiga aylanishdi. "Barselona"ning bir goli ham germaniyaliklar himoyachisi Alaba hisobiga avtogol sifatida yozildi. Ikkinchi bo'lim oldidan hisob — 1:4. Evropa chempionlar ligasi, chorak final."BARSELONA" - "BAVARIYa" - 1:4 (tanaffus)Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller. Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Buskets, Vidal, Semedu, Suares, Messi.Bavariya – Noyer, Alaba, Kimmix, Boateng, Gnabri, Devis, Alkantara, Perishich, Gorettska, Levandovski, Myuller.Ogohlantirishlar: Boateng (42).
14-Avgust 2020,01:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0