Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "Barselona" va "Bavariya" o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kecha bir postni mana bu ibora bilan boshlagandim:
“2020 yil bizni boshqa xayron qoldirolmaydi deb turganimizda...”
Bugunga ham tushar ekan. Hamma tushunib turibti, bu mag'lubiyat ortida Barselonaning boshqa muammolari yotibti. Bavariya bilan esa hayolni 200 foiz joyiga qo'yib o'ynash talab etiladi. Biroz uxlamay tursangiz balki Seten iste'fosi haqida xabar chiqar. Bu bilan echim to'liq topilmaydi. Bartomeu ham ketishi kerak. Bu natijani u yuva olmaydi.
Bavariya esa shu darajaga etdiki, o'yinlarni faqat yirik hisobda tugatmoqda. Menimcha endi turnirda favorit bitta. Tasavvur qilolmayapman bu turishida kim va nimaning evaziga to'xtata oladi", -deya yozib qoldirdi Fayziev telegramdagi kanalida.
14-Avgust 2020,02:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0