"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi kechgan 2:8 hisobidagi mag'lubiyat haqida fikrlarini bildirdi.
O'ylashimcha, bugun jamoamizda muammolar juda ko'p ekanligini hamma tushunib etdi. Ko'p narsalar o'zgarishi kerakligi namoyon bo'ldi. Muxlislarga qiyin, ulardan uzr so'rashimiz kerak. Biz haqiqatan ham ko'p narsani o'zgartirishimiz kerak. "Bavariya"ni mag'lub etishimiz mumkinligiga ishongan edik. Ha, Myunxen jamoasi tezkor 3 ta gol urdi, ammo biz javob bera oldik, bundan tashqari, bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdik, muvaffaqiyatga bo'lgan ishonch saqlanib qolgan edi. Shunga qaramay, "Bavariya" bizdan ancha kuchli edi. Ushbu mag'lubiyat nafaqat men uchun, balki butun jamoa uchun katta qayg'udir, chunki bizning klub g'alaba qozonishga, sovrinlar yutishga odatlangan. "Barselona" dunyodagi eng katta klub va kechagi uchrashuvga qaraganda ancha yaxshiroq o'ynashi shart " - dedi futbolchi
15-Avgust 2020,12:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0