«Bavariya» Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqsa, «Barselona» 5 mln evro miqdorida zarar ko'radi.Gap shundaki, yarim himoyachi Filippe Koutino «Liverpul»dan «Barselona»ga o'tayotganida klublar o'rtasida tuzilgan shartnomaga shunday band kiritilgan: braziliyalik futbolchi 2018/19 yoki 2019/20 yilgi mavsumda EChLda g'alaba qozonsa, kataloniyaliklar 5 million evro miqdorida bonus to'lab beradi. "Mirror" tarqatgan xabarga ko'ra, kelishuvda Koutino aynan «Barselona» safida Chempionlar ligasida g'olib chiqishi belgilab qo'yilmagan.Juma kuni «Bavariya» chorak final bosqichi doirasida «Barselona»ni 8:2 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. Kechagi uchrashuvda Koutino zaxiradan maydonga tushib, dublga erishdi. Myunxenliklar yarim finalda «Manchester Siti» — «Lion» juftligiga qarshi maydonga tushishadi.28 yoshli futbolchi 2018 yilning yanvar oyida 120 million evro evaziga «Barselona»ga o'tgan edi. 2019 yilning avgust oyida esa u «Bavariya»ga ijaraga berildi.
15-Avgust 2020,15:40