«Inter» sport direktori Pero Auzilio jamoa hujumchisi Lautaro Martinesning kelajagi borasida bayonot berdi.«Lautaroni «Inter»dan tortib olishning bitta yo'li bor — tovon pulini to'lash. Shartnomada shunday band borligini barcha biladi. Bu erda yashiradigan hech narsa yo'q.Hozirda biz Lautaroning transferi borasida hech kim bilan muzokara olib bormayapmiz. U jamoaning qimmatbaho a'zosi. Uning «Inter» bilan 3 yillik shartnomasi bor.Klub muhim o'yinchilarni sotmoqchi emas. Biz ularni saqlab qolmoqchimiz. Ko'p jamoalar Lautaro borasida biz bilan aloqaga chiqishdi. Ular orasida «Barselona» hammadan ko'ra qat'iyatli bo'ldi. Buni yashirmayman.«Barsa» bilan munosabatlarimiz iliq, lekin ular bizning maqsadimizni yaxshi bilishadi. «Inter» Lautaroni sotmoqchi emas. Takrorlayman, tovon puli mavjud», – dedi Auzilio.
16-Avgust 2020,14:20