Gollandiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Ronald Koeman o'zining "Barcelona" jamoasiga ko'chib o'tganidan so'ng ilk intervyusini berdi.
— Men uchun Gollandiya termasini boshqarish katta sharaf bo'ldi. Shu so'nggi ikki yarim yil davomida men terma jamoaga qo'limdan kelgan yordamni berishga harakat qildim.
Men ular bilan qanday natijaga erishganimiz haqida faxrlanib ayta olaman, biz terma jamoa bilan yaxshi natijaga erishdik. Gollandiya termasining kelajagi buyuk, bunga ishonaman.
Hamma buni biladi, "Barcelona" mening orzuimdagi jamoa. Men uchun "Barcelona"ni boshqarish ulkan hissiyot. — dedi Ronaldo Koeman.
57 yoshli mutaxasis 2018-yildan buyon boshqarib kelayotgan Gollandiya termasini tark etdi va bugun "Barcelona" jamoasiga ko'chib o'tdi. U o'z termasi bilan millatlar ligasi turnirida finalga qadar yetib bordi, afsuski u yerda ular Portugaliya termasiga (0:1) mag'lub bo'lishdi.
www.fcb.uz
19-Avgust 2020,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0