«Barselona» va Lionel Messi o'rtasidagi mojaro davom etadi. "RAC1" va "El Periodico" tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi klub ofisiga yangi faks yuborib, jamoaning mavsumoldi yig'inida ishtirok etmasligini ma'lum qildi. Bugun, 30 avgust kuni Messi va jamoaning barcha a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tib, koronavirusga test topshirishlari kerak edi. Dushanba uni esa Ronald Kuman boshchilidagi jamoa mashg'ulotlarni boshlaydi. Ammo Messi tibbiy ko'rikka ham, mashg'ulotlarga kelmaydi.Eslatib o'tamiz, Leo va «Barselona» rahbariyati o'rtasidagi huquqiy mummoga yuzaga kelgan. Futbolchi shartnomadagi tegishli banddan foydalanib, jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi bo'lsa, «Barselona» Messini bepul qo'yib yuborishni istamayapti.Messi uchun asosiy da'vogar sifatida «Manchester Siti», «Yuventus», «Inter» va «PSJ» klublari tilga olinmoqda. Ammo Xosep Gvardiola jamoasi bu kurashda etakchi hisoblanadi.
30-Avgust 2020,07:50