Ispaniyalik jurnalist Edu Agirre argentinalik hujumchi Lionel Messining «Barselona»dan ketishni istayotganini keskin tanqid ostiga oldi.
"Men uchun Messi futbol tarixidagi eng katta xiyonatni qilmoqda. Messi «Barselona»ni qiyin ahvolda tashlab ketmoqda, u cho'kayotgan kemadan qochmoqda. U hozir ketmasligi kerak. «Barselona» muxlislari bunga loyiq emas", - deya yozdi Edu Agirre.
Eslatib o'tamiz, Messi yangi mavsumga jamoa bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazmayapti va «Barselona»dan ketmoqchi. Klub esa Lionelning fikridan qaytishiga va jamoada qolishiga ishonmoqda.
Shartnomaga ko'ra, agar Messi mashg'ulotlarni 11 kundan 30 kungacha o'tkazib yuborsa, unga maoshining 25 foizi miqdorida jarima solinadi.
Hozirda Messi uchun asosiy da'vogar «Manchester Siti» bo'lib turibdi.
2-Sentyabr 2020,14:20