«Barselona» klubi va yarim himoyachi Arturo Vidal shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib borishmoqda, ammo klub futbolchining talabiga rozi bo'lmayapti. «Barsa» tarkibni boshqatdan shakllantirmoqchi va 33 yoshli chililik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Vidalning klub bilan yana bir yillik shartnomasi mavjud. Arturo esa "Inter" bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.Ammo o'yinchi amaldagi shartnomani bekor qilish uchun "ko'k-anorranglilar"dan bir yillik maoshiga teng kompensatsiya talab qilmoqda. Uning maoshi 6 million evroni tashkil qiladi. "Barselona" esa bunday talabni qondirishga tayyor emas.Tomonlar o'rtasidagi muzokara davom etmoqda. Keyingi hafta boshida chililik futbolchining kelajagi borasida qaror qabul qilinadi. Arturo «Barselona»ga o'tganidan keyin 96ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi. Klub xarajatlarni kamaytirish maqsadida Vidal bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
6-Sentyabr 2020,22:50