UEFA 2019/2020 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun o'tkazilgan so'rovnoma natijalarini e'lon qildi.Kuchli uchlikka «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne, «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski va myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer kirdi. G'olib nomi 1 oktyabr kuni e'lon qilinadi."Barselona" sardori Lionel Messi so'rovnomada 4-o'rinni egallagan bo'lsa, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu 10-pog'onani band etdi. So'rovnomada EChL va Evropa ligasida ishtirok etgan klublarning 80 nafar bosh murabbiylari, UEFAga a'zo mamlakatlardan 55 nafar jurnalist qatnashishdi.So'rovnomada 4-10-o'rinlarni quyidagi futbolchilar egallashdi:4-5. Lionel Messi («Barselona») — 53 ochko4-5. Neymar («PSJ») – 53 ochko6. Tomas Myuller («Bavariya») – 41 ochko7. Kilian Mbappe («PSJ») – 39 ochko8. Tiago Alkantara («Bavariya») – 27 ochko9. Yozua Kimmix («Bavariya») – 26 ochko10. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 25 ochko
23-Sentyabr 2020,19:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0