"Juventus" hujumchisi Cristiano Ronaldo va "Barcelona" forvardi Lionel Messi kecha "Roma" va "Vilarreal"ga qarshi o'yinlarda penaltidan 146 sekundlik farq bilan gollar urishdi.
Portugaliyalik Rim jamoasiga 00:32:17 (Toshkent vaqti)da, argentinalik futbolchi esa "Vilyarreal" darvozasiga sal kechroq penaltidan gol urdi - 00:34:43.
Messi Ispaniya chempionatida ketma-ket 17 mavsumda gol urishga erishgan to'rtinchi o'yinchi bo'ldi. Ushbu yutuqqa shuningdek "Atletik" sobiq forvardi Agustin Gainse (19 mavsum), "Real" sobiq forvardi Karlos Alonso (17) va "qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos (17) erishgan.
"Yuventus" esa 2 o'yinda 4 ochko jamg'ardi va A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Klub keyingi o'yinini 4 oktyabr kuni o'z maydonida "Napoli"ga qarshi o'tkazadi.
"Barselona" esa kelasi o'yinini safarda, "Selta"ga qarshi 1 oktyabrda o'tkazadi.
28-Sentyabr 2020,13:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0