«Manchester Siti» direktori Omar Berrada «Barselona» hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy transferi haqida gapirdi."Messi — dunyoning va o'z davrining eng yaxshi o'yinchisi. O'ylashimcha, klub uni taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqishdan mamnun bo'ladi.Messi — bizning transfer siyosatimiz bo'yicha istisno variant, biroq biz o'z imkoniyatlarimiz darajasidagi futbolchilarni olib kelishni reja qilganmiz.Biz hammasiga tayyor turishimiz kerak. Ammo shuni ayta olamanki, kerak bo'lgan taqdirda «Manchester Siti»da Messi transferini amalga oshirish uchun moliyaviy va tizimli imkoniyatlar etarli", — dedi Omar Berrada.Avgust oyi oxirida Messi «Barselona»dan ketishini ma'lum qildi va «Manchester Siti»ga o'tishga yaqin edi. Biroq katalon klubi hujumchini tekinga qo'yib yuborishni istamadi va uni xarid qilmoqchi bo'lganlardan 700 million evro miqdoridagi tovon pulini so'radi. Keyinchalik Messi klub bilan sudlashish niyati yo'qligi va «Barselona»da qolishini ma'lum qildi. Uning katalonlar bilan shartnomasi 2021 yilning iyunida o'z yakuniga etadi.
10-Oktyabr 2020,22:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0