«Barselona» moliyaviy jihatdan og'ir ahvolda, deya ma'lumot tarqatdi iqtisodchi Mark Siria. Ushbu mutaxassis «ko'k-anorranglilar»ning sobiq prezidenti Joan Laportaning yordamchisi sifatida ishlagan.«Klub "Espai Barca" loyihasini moliyalashtirish uchun 30 yilga zaym olgan. Uning bahosi ortiqcha oshirib yuborilgan. "Barsa"ga kredit bergan "Goldman Sachs" investitsiya banki esa bunga qarshi emas. Chunki, bank yillik kreditdan 3-4 foiz foyda oladi. Ammo «Barselona» o'z vaqtida pulni qaytarmasa, "Goldman Sachs" klubni bezovta qila boshlaydi.Muammo shundaki, "Barsa" o'z qarzlarini vaqtida qaytarmasa, nima bo'ladi? Klub aktivlarini olib qo'yadimi? Yoki stadionnimi? Chunki investitsion bankning talablari oddiy banknikiga nisbatan keskinroq."Barselona"ning moliyaviy ahvoliga koronavirusning ta'siri yo'q. Bu direktorlar kengashining yolg'oni. Koronavirusga qadar «Barsa»ning qarzi 740 million evroga teng edi. Virus tufayli ushbu qarz 820 million evroga etdi. Asosiy muammo — qisqa muddatli qarzlar.«Barselona» – o'z o'yinchilariga eng ko'p maosh to'laydigan klub. Gap koronavirusda emas. Qarzlarning 77 foizi qisqa muddatli zaymlar hissasiga to'g'ri keladi. Bu esa maoshlar va boshqa xizmatlar uchun pul etmay qolishini anglatadi», – dedi iqtisodchi.
14-Oktyabr 2020,19:10