Boliviya terma jamoasi fizioterapevti Lukas Nava Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bilan yuz bergan ziddiyat borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.Eslatib o'tamiz, Messi ziddiyat paytida Navaga qarata: "Ortiqcha gapirma, kal. Butun o'yin davomida qichqirib asabga tegding, echki", — deya haqorat qilgan edi."O'yin yakunlanganidan keyin futbolchilar o'rtasida to'qnashuv yuz berayotganini sezdim. Men shunchaki ehtimoliy chetlatishlarning oldini olishga harakat qildim. Nazarimda, tushunmovchilik yuz berdi, ammo bunday narsalar maydonda qoladi. Men Messining o'yinini tomosha qilib ulg'ayganman. U buyuk futbolchi. Men uni juda yaxshi ko'raman va o'g'limga Lionel deb ism qo'yganman.Messi bilan bog'liq vaziyatdan keyin mening sha'nimga haqorat va tahdidlar ko'payib ketdi. Bundan xafaman. Chunki buni farzandlarim ham eshitishdi", - dedi Nava "Globo Esporte"ga bergan intervyusida.
16-Oktyabr 2020,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0