«Barselona» himoyachisi Jerar Pike jamoa sardori Lionel Messi klubni tark etishni istaganiga borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«O'sha paytda men Leo bilan yuzma-yuz to'qnash kelmadim. Bu esa uning shaxsiy qarori edi. Unga bitta xabar yuborganim esimda: «Leo, yana bir yil sabr qil va yangi rahbariyat keladi».Leo mustaqil ravishda qaror qabul qilishga munosib edi. Agar ketish kerak deb hisoblagan bo'lsa... Men prezidentning o'rnida bo'lganimda o'zimni boshqacha tutardim. 16 yildan beri klubga xizmat qilayotgan o'yinchi bilan kelishuvga erishish kerak. Vaziyat shu darajaga etib keldiki, futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi rahbariyat unga quloq solmasligini bila turib klub ofisiga faks yuboryapti. Nimalar yuz beryapti? Leo ko'p narsaga munosib edi. Yangi stadionga uning nomini berish kerak.Biz o'z kishilarimizni asrashimiz kerak, ular obro'sizlantirishimiz kerak emas. Gvardiola, Xavi, Puyol va Valdes kabilar klub safida ishlamayotgani meni hayron qoldiradi», – dedi Pike.
23-Oktyabr 2020,18:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0