La liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatini tark etishi mumkinligi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Ko'p yillardan buyon biz uning o'yinidan bahramand bo'lib kelyapmiz. Ammo Messi o'z kelajagi borasida sinchkovlik bilan o'ylab ko'rishi kerak. Agar Messi «Barselona»ni tark etsa, uning obro'siga putur etadi. Ha, moliyaviy jihatdan u manfaatli taklif olishi mumkin, ammo 20 yil davomida misqollab yig'gan obro'sini u saqlab qolishi kerak.Messining ketishi La liga uchun fojiaga aylanmaydi. Krishtianu Ronaldu ketdi, Neymar ketdi. Neymar «PSJ»ga o'tdi, ammo Frantsiya chempionati super darajaga erishib qolgani yo'q. Haqiqat shundan iborat. Musobaqa saviyasini o'yinchilar belgilab beradi, deb o'ylaydiganlar, xato qilishadi», — dedi Tebas.
24-Oktyabr 2020,08:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0