"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti vegetarianga aylanganini ma'lum qildi."So'nggi ikki yil faoliyatimdagi eng yomoni bo'ldi. Shunday vaqt bo'ldiki, men xonamdan chiqishni istamadim. Chuqur tushkunlikka tushib qoldim. Menda jarohatlar ko'payib ketdi. Muammo nafaqat tizzada, balki umumiy balansning buzilishida ham bo'ldi. Barchasini noldan boshlashga to'g'ri keldi.Hozir esa vegetarianga aylandim. Hozir go'sht ham, baliq ham emayapman. O'simlik oqsili tufayli o'zimni yaxshi his qilyapman. Hech qachon bunchalik yaxshi jismoniy formada bo'lmaganman. Men 3 kiloga ozdim. Menga bu narsa kerak edi", - dedi Umtiti.Ma'lumot o'rnida. 26 yoshli Umtiti Ispaniya chempionatining so'nggi ikki mavsumida "Barselona" safida 27ta o'yinda maydonga tushdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.
27-Oktyabr 2020,07:50