"Bahonalarni eshitish vaqti keldi. Bu ispan futboli tarixidagi eng og'riqli voqelik bo'ldi. Ikki oydan ko'proq vaqt o'tdi, ko'ramiz ular holatni qog'ozda yozilganidan ko'ra yaxshiroq tushuntirib bera olarmikin.
Nima sababdan klub 20 yil davomida hakamlar qo'mitasiga millionlab dollarlar o'tkazib kelgan? Nima uchun pul o'tkazib, u erdagi janobi oliylari hakamlikning neytral bo'lishi uchun deb aytgan? Nima sababdan Negreyraning o'g'li ham ishga aralashtirilgan? Bularning barchasini tushuntirib berish kerak.
Undan tashqari, to'lovlar to'rt prezident davrida amalga oshirilgan, etmaganiga klubning avvalgi prezidenti qilgan to'lovlarni faqatgina tekshiruvlardan keyingina qo'shishgan. Ungacha nega bunga hech kim ahamiyat bermagan?
Keling, ular bu vaziyatni qanday tushuntirishlarini ko'ramiz. Buni Ispaniyaning boshqa klublari qanday kutib olishlari meni bezovta qilmoqda", - dedi Tebas.
11-Aprel 2023,23:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0