Kievning «Dinamo» klubi 6 nafar a'zosida koronavirus aniqlandi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, Georgiy Tsitaishvili, Denis Garmash, Mikkel Duelund, Aleksandr Karavaev, Tudor Belutse va Nikolay Shaparenko topshirgan test musbat natija bergan.Bundan tashqari, klub bosh murabbiyi yordamchisi Emil Karas va klubning 4 nafar xodimi ham infektsiya yuqtirgan. Bemorlarning barchasi karantinga olindi. Ular o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. 31 oktyabr kuni kievliklar darvozaboni Denis Boyko COVID-19ga topshirgan takroriy test musbat natija berdi. Avvalroq darvozabon Georgiy Bushchan, himoyachi Vitaliy Mikolenko va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Vitaliy Kulibada ham koronavirus aniqlangan edi. «Dinamo» 4 noyabr kuni «Barselona», 8 noyabr kuni esa Ukraina chempionati doirasida «Shaxtyor» bilan to'qnash keladi.
2-Noyabr 2020,08:20