Kievning «Dinamo» klubi futbolchisi Karlos De Pena EChLning 3-tur doirasida Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi safarda bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Lionel Messiga qarshi to'p surish - sharaf! Dunyoning har bir futbolchisi Messiga qarshi o'ynashni orzu qiladi. Shaxsan bu men uchun yangi chaqiruv. Guruhda biz bilan «Yuventus» va «Barselona» kabi klublar tushganini eshitib, to'g'risi ettinchi osmonda uchgandim. Ushbu uchrashuvlardan imkon qadam zavq qolishga harakat qilaman.
Barcha to'siqlarni engib o'tishga harakat qilamiz. Bizda koronavirus yuqtirib olgan futbolchilar bilan bog'liq muammolar bor, biroq, «Dinamo» baribir g'alaba qozonish uchun harakat qiladi. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz», — dedi Karlos De Pena.
3-Noyabr 2020,15:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0