Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Pedri EChLning 3-tur doirasida "Dinamo" (Kiev) klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Raqibimizning muammolariga ko'p ham e'tibor qaratmasligimiz kerak. Agar ertangi o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritadigan bo'lsak, u holda keyinga bosqich masalasini deyarli hal qilgan bo'lamiz. Shu sababli, "Dinamo"dagi muammolardan xotirjam bo'lmasligimiz kerak.
«Barselona»ga moslashib ketdim. Avvaliga, tabiiyki hayajon bor edi, biroq, hozir hammasi joyida. Messining yonida mashg'ulotlarda ishtirok etish men uchun katta ahamiyatga ega. Uning maslahatlari juda katta vaznga ega.
Qaysi pozitsiyada o'ynash muhim emas. Men har doim maydonga chiqishga va murabbiyning talablarini bajarishga tayyorman. Asosiysi – «Barselona» uchun foyda keltirish. Men o'zimni yarim himoyada juda yaxshi his qilyapman, hujumchilarga yordam berishni yaxshi ko'raman», — dedi Pedri.
3-Noyabr 2020,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0