Kievning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku EChLning 3-tur doirasida Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ertaga bizga qiyin bo'lishi aniq. "Barselona"ni turnirni qanday tempda boshlaganini unutmaslik kerak. Qolaversa, tarkibimizda asosiy futbolchilar korovanirus sababli Kataloniyaga yo'l olishmadi. Lekin, bu biz uchun bahona bo'la olmaydi. Garchi, tarkibimizda asosiy futbolchilar bo'lmasa-da, iqtidorli futbolchilar etarli.
«Dinamo» bir necha mavsumdan beri EChLning guruh bosqichida ishtirok etmaganini unutmaslik kerak. Shu davr mobaynida jamoani ko'plab tajribali futbolchilar tark etishdi. Gap terma jamoa darajasidagi futbolchilar haqida ketmoqda. Ularning o'rnini yosh futbolchilar bilan to'ldirdik va mening asosiy maqsadim – jamoa yaratish. Biz avvalo o'z o'yinimizni yaxshilaymiz, shundan keyingina natijaga e'tibor qaratamiz.
Bir vaqtning o'zida barcha narsaga erishish mumkin emas. Futbolda bunday bo'lmaydi. «Dinamo» tarkibida iqtidorli futbolchilar o'ynamoqda, ammo ularning hammasi ham etarli tajribaga ega emas. Ko'p futbolchilarimizga «Barselona» va «Yuventus» klublariga qarshi maydonga tushish odatiy hol emas.
Lekin, «Ferentsvarosh» haqida unutmaslik kerak. Vengriyaliklar ham etarli darajada kuchga ega. U mamlakatda ham futbolga katta mablag' tikilmoqda. Ular tarkibida ajoyib legioner futbolchilar bor», — dedi Mircha Luchesku.
3-Noyabr 2020,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0