Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, payshanba - futbolchi va rahbariyat maoshlar borasida kelishib olishlari uchun so'nggi kun. Gap 171 million funt haqida ketmoqda. «Barselona» aynan shuncha summani qisqartirish kerak.
Hozircha faqat Ter Shtegen, De Yong, Langle va Pikelar oyliklarini kamaytirilishiga rozi bo'lishdi. Jamoaning qolgan futbolchilari esa maoshlarini to'laligicha talab qilishmoqda.
«Barselona» qarzlarni qayta uzish variantini taklif qilmoqda. Gap hatto futbolchilar nafaqalarining bir turi haqida ham ketmoqda. Kataloniyaliklar futbolchilar faoliyatini yakunlaganidan so'ng, ularni klub elchisi lavozimiga tayinlash orqali qarzlarini uzishga tayyor.
Agar futbolchilar bu taklifga rad javob berishsa, u holda «Barselona» maoshlarni bir tomonlama qisqartirishga majbur bo'ladi, chunki klub moliyaviy majburiyatlarini bajarishi kerak. Bunday holatda futbolchilar Ispaniya Futbol Assotsiatsiyasiga murojaat qilish huquqiga ega bo'ladi. Assotsiatsiyasidagilar ushbu holatda futbolchilar shartnomalaridan ozod qilinishini tasdiqlashmoqda.
4-Noyabr 2020,18:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0