«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman o'z shogirdlarining oxirgi bahslarda ko'rsatayotgan o'yinlaridan ko'ngli to'lmayapti.
«Men futbolchilarning to'psiz harakat qilish jarayonida juda ko'p kamchiliklarni ko'ryapman. Ayniqsa, bu kechagi bahsda yaqqol ko'zga tashlandi. Hozirgi paytdagi asosiy muammoyimiz to'g'ri pressing qilish ko'nikmasini shakklantirish. Jamoa endi Messiga o'ynashdan sekin-asta chiqib boryapti. Buni normal holat deya baholash kerak. Messining o'zi ham kerakli paytda raqibga bosim qilishda kechikyapti. Jamoamizning to'psiz o'ynay olish ko'nikmasini jiddiy analiz qilishim kerak», - deydi mutaxassis jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» La Liganing so'nggi turida «Alaves» bilan durangga imzo chekkan edi.
5-Noyabr 2020,21:00