Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Digo Simione La Liganing navbatdagi turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menimcha biz "Barsa"ga qarshi qiynalmay o'ynay olamiz. Hozirgi tarkibimdan qoniqish hosil qilmoqdaman. Muhimi, futbolchilarimda ishtiyoq yo'qolmagan. Ular yuqori dinamikali o'yin namoyish etishmoqda. Meni quvontirgan narsa - kam daqiqa harakat harakat qilayotgan futbolchilar ham o'yinga tezda yaxshi kirishib ketishmoqda. Xuddi Ernandes va Lorente kabi", - deydi mutaxassis.
Malumot uchun, "Atletiko" ayni dam turnir jadvalida "Real Sosedad" bilan bir xil ochko jamg'arib, 1-pog'onada ketmoqda. Shuningdek, "matraschilar"da 23 ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya ham bor. "Barselona"ga qarshi bahs FIFA kunlaridan so'ng 22 noyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
8-Noyabr 2020,11:30