«Barselona» sobiq futbolchisi Luish Figu ayni paytda klubda unchalik ishlari yurishmayotgan Dembele xususida fikr bildirdi.
«Dembele to'g'ri, juda ham ko'p jarohatlari sababli o'yin amaliyotisiz qolib ketyapti. Lekin futbolchining haqiqiy mahoratini ochib berishda bu omil to'sqinlik qila olmaydi. Unda yuqori balans mavjud, men buni juda ham yaxshi bilaman. U menga yoshligimni eslatib yuboradi. "Barsa"da o'ynab yurgan kezlarim men mana shundayin asosiy tarkib uchun kurashib yurardim. Uning uchun hozir qulay muhit yaratilgan. Fati bilan ajoyib tandem hosil qilishlari uchun Dembele kuchli raqobatga bardosh berishiga to'g'ri keladi», - deydi Figu.
Ma'lumot uchun, Dembele joriy mavsum «Barsa» safida umumiy 8 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urishga erishgan.
14-Noyabr 2020,21:40
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0