Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Antuan Grizmann Movistar nashriga bergan intervyusida jamoadoshi Lionel Messi bilan munosabati yaxshiligi haqida fikr bildirdi.
«Barselona»ga o'tishi haqida:
«Men avval ham aytganman, jamoaga endi kelgan paytimda "Barsa"dan tushgan birinchi taklifga rad javob berganimda bundan Messi hafa bo'lganini aytgandi, chunki Messi bu bitim haqida ommaga aytgandi, lekin yakunda men rad etgandim. Biroq, men "Barselona"ga o'tganimdan keyin u menga birgalikda o'limga ham tayyor ekanligini aytgandi va men buni har kuni his qilaman.
Men Leodan zavq olaman va u bu haqda biladi. Messi bilan bizning oramizda ajoyib munosabat bor».
Tanqidlar haqida:
«Men tanqidlarni to'g'ri qabul qilaman, chunki haqiqatdan ham avvalgi Grizmanni ko'rmayapmiz. Lekin, har doim nimadir ro'y bersa birinchi bo'lib men haqimda gapirishlarini his qilaman. So'nggi bir yarim yilda uchta bosh murabbiy qo'l ostida o'ynadik, bu oson emas. Yangi sxemaga va jamoadoshlarimga ko'nikishim uchun vaqt kerak.
Bundan tashqari, «Barselona» prezidentligiga nomzodlar ham men haqimda gapirishmoqda. Ular uchun meni muhokama qilish eng yaxshi variant deb o'ylamayman, mening transferim omadli yoki omadsizligi haqida gapirish ular uchun muhim emas».
Agenti Olats va amakisining gaplari haqida:
«Men turmush qurganim kunimdan boshlab Olats bilan munosabatimni yakunlagaman. Men uni to'yga taklif qilganman, u esa to'yga tashrif buyurmagan, shu tariqa u bilan munosabatni uzganman.
Amakim futbolni uncha yaxshi tushunmaydi. Yakunda jurnalistlar uning so'zlarini noto'g'ri talqin qilishgan. Men Leoga hech qachon amakim bilan gaplashmaganimni aytganman, menda hatto uning telefon raqami ham yo'q», – dedi Grizmann.
24-Noyabr 2020,10:20