Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku posle EChL doirasida "Barselona" (0:4) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, bir qator vaziyatlarga ega bo'ldik. Hatto gol kiritishga ham yaqin keldik. Tanaffusdan so'ng "Barselona" o'z saviyasini namoyish etdi. Sifat borasida farq ko'rinashi boshladi, texnika, fikrlash va harakatlarda ular ustunlik qildi. O'tkazib yuborilgan birinchi goldan keyin qo'limizni tushirdik va o'ynamay qo'ydik. Bizning bir nechta qarshi hujumchilarimizda so'nggi pas etib bormayotganidan qoniqmadim. "Barselona" futbolchilarida ishtiyoq juda yuqori edi. Ularni to'xtatishning ilojisi yo'q edi. Eng yomoni tomoni shuki, yakka kurashlarda doim yutqazdik", - dedi murabbiy UEFA rasmiy saytiga.
25-Noyabr 2020,12:40