Barcelona prezidentligiga nomzodlardan biri Laporta o'z saylov oldi chiqishini qildi.
"Bizning o'z oldimizda rejamiz bor. Bizda klubga kerak bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlik, tajriba va qat'iyat mavjud. Biz "Barcelona"ni birlashtirmoqchimiz.
Biz La Masiyani tiklash uchun harakat qilamiz, shunda tarbiyalangan yoshlar yaxshi inson va ajoyib sportchi bo'lishadi. Yana ular jamoa libosini kiyish qanday ma'suliyat ekanligini his qilishadi.
Biz klubning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini o'rganib chiqdik. Daromad olish uchun yangi takliflar olish va tegishli qarorlarni qabul qilish ustida ishlashimiz kerak. Bizning batafsil rejamiz bor.
Bir paytlar biz Guardiolani olib kelganimizda, men Messining uyiga, yangi loyihani tushuntirish uchun borgan edim. U o'sha paytda tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun kuchli jamoaga ehtiyoj borligini bilar edi.
Mening jamoam jasur odamlardan, Barcani sevadigan, o'z bilimlari va vaqtlarini unga bag'ishlash kerakligini biladigan odamlardan iborat.
Men Xavini juda qadrlayman. U futbol haqida ko'p narsalarni biladigan ajoyib o'yinchi. Men u bilan hali gaplashmadim.
Hozirda paktlarni tuzish qiyin. Bizda o'z loyihamiz bor. Men o'zim ishongan odamlarni texnik kotibiyatga topshiraman. Ammo men birinchi bo'lib hamma narsa qanday ekanligini ko'rib chiqaman.
BIr paytlar Moratti ("Inter" sobiq bosh direktori) menga kelib, Messi evaziga menga 250 million yevro taklif qildi va men "yo'q" dedim.
Leo bilan gap pul bilan bog'liq emas, shuning uchun uni ishontirishimiz kerak. Uning oilasi bu yerda, Kataloniyada baxtlidir. Messi "Barca"ni yaxshi ko'radi va u unga imkoniyat bera olishiga aminman. Men o'zimni hozir u bilan suhbatlashishga qodir deb bilaman. U bizni tark etishi mumkinligini bilaman, hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Mening atrofimdagilar Koemanga imkoniyat berish kerak deb hisoblashmoqda. U ajoyib murabbiy, klubni u bilan shartnomasi bor.
Men o'zim xohlaganimni qilmayman. "Barca"da har kimining g'oyalari mamnuniyat bilan qabul qilinadi, shu jumladan meniki ham. Hozirda yana jahon futbolining etaloniga aylanish bizning eng ustuvor vazifamiz.
Agar iqtisodiy ahvol biz kutganimizdan ham yomonroq bo'lsa, biz bunga nisbatan "javobgarlik harakatlari"ni ko'rib chiqamiz.
Biz maqsad qilgan "Barca" har kim uchun ochiq. Mening ishlashim shu tarzda. Biz "Barca" bilan dunyoning barcha mintaqalarida optimiz tuyg'usini namoyish etishini istaymiz.
Hatto, 2015-yilda yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganimda ham 15000 ta ovoz olganman. O'shanda men prezidentlikka nomzod bo'lmoqchi emas edim, lekin kiyinish xonasidagi ba'zi futbolchilar mendan so'raganligi uchun hammasini so'nggi daqiqada qildim.
Mening jamoam va men juda aniq loyihamiz bor. Ittifoqlar sodir bo'layotganini ko'rmayapman."
30-Noyabr 2020,18:15
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0