«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan «Kadis»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Ushbu mag'lubiyatga izoh berish qiyin. Bungacha biz yaxshi o'yinlar o'tkazib kelayotgandik. Birinchi bo'limda u qadar yaxshi o'ynay olmadik. Ikkinchi taymda yaxshi harakat qildik, ammo xatolar tufayli mag'lubiyatga uchradik. Tushunarsiz.Yon chiziqdan to'p tashlab berilganidan keyin bunday gol o'tkazib yuborishimiz kerak emas. Bu kontsentratsiyani yo'qotganimiz bilan bog'liq bo'lsa kerak. To'psiz o'yinda bizga tajovuzkorlik etishmayapti. Shuning uchun gol o'tkazib yuborayotgan bo'lishimiz mumkin. Ikkinchi golni tushunarsiz tarzda o'tkazdik.Ushbu mag'lubiyat tufayli sovrin uchun kurashda ancha ortda qoldik. Bu esa hafsalani pir qildi. "Atletiko" kabi kuchli jamoadan 12 ochko ortda qolish — bu haddan tashqari ko'p.Oldinda uchrashuvlar ko'p, ammo biz ishga bo'lgan munosabatimizni o'zgartirmasak, safardagi beqaror o'yinlarga barham bermasak, hech narsaga erishmaymiz», — dedi Kuman.
6-Dekabr 2020,08:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0