Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Antuan Grizmann gadjetlar ishlab chiqaradigan Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni to'xtatishini e'lon qildi.
Futbolchi Huawei kompaniyasi o'z zavodlarida uyg'urlarning majburiy mehnatidan foydalanganlikda ayblangandan so'ng, Huawei bilan hamkorlik shartnomasini bekor qilishga qaror qildi. Huawei uyg'urlarni qiynoqqa solishni tashkil qilganlikda ham gumon qilinmoqda. Xabar qilinishicha, kompaniya ushbu etnik ozchilik haqidagi ma'lumotlarni Xitoy rasmiylariga etkazgan bo'lishi mumkin.
2020 yil mart oyida e'lon qilingan Avstraliya strategik siyosat instituti (ASPI) mutaxassislarining hisobotiga ko'ra, Xitoy hukumati kamida 80 ming uyg'urni Huawei, Aplle, BMW, Nike, Samsung, Sony kabi 83 xalqaro kompaniyalarning fabrikalarida ishlashga majbur qilgan.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning dekabrida "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil Xitoyni mamlakatida yashovchi uyg'urlarni ta'qib qilishda ayblagan edi.
Uyg'urlar Sharqiy Turkistonning tub aholisi, diniga ko'ra musulmonlardir. Xitoy uyg'urlarga qarshi repressiv siyosat olib borishda va ularning diniy va madaniy huquqlarini cheklashda ayblanmoqda. Xitoyning Shinjon mintaqasida qariyb 10 million uyg'ur yashaydi.
10-Dekabr 2020,21:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0