"Barselona" Xans-Diter Flikning sevimli futbolchisi ekanligi aytilayotgan vinger Ivan Perishichga qiziqish bildirmoqda. Biroq, "blaugrana" hozirda "Atletik"dan Niko Uilyams bilan shartnomani yopishga e'tibor qaratmoqda. Perishich esa PSVda qolishga qaror qildi.
Fabritsio Romanoning yozishicha, 36 yoshli Perishich PSV bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash arafasida. Xorvatiyalik futbolchi ikki yillik yangi shartnoma shartlarini allaqachon qabul qilgan. Faqat kichik tafsilotlarni aniqlashtirish va barcha hujjatlarni imzolash qoladi.
Ivan Perishich o'tgan yilning sentyabrida PSVga kelib qo'shilgandi. O'shandan beri tajribali xorvatiyalik futbolchi 35 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.