Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaning taktikasidan futbolchilar norozi bo'layotgani haqida mish-mishlarni rad etdi.
- O'ylaymanki, futbolchilar menga ishonishadi. Aks holda, men ishlay olmasdim. Vaziyatni o'nglashga harakat qilyapmiz. Bizda munosabat bildirish uchun etarlicha vaqt br, lekin so'nggi o'yinlarda qayd etilgan natijadan keyin biz yuzimizni ko'rsatishimiz kerak, — Ronald Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es sayti.
Avvalroq, "Barselona" futbolchilariga bosh murabbiy qo'llayotgan taktika yoqmayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Ayrim futbolchilarning so'zlariga ko'ra, 4-2-3-1 sxemasi ularga etarlicha tanish emas va tajrima etishmasligi taktik munozanatni keltirib chiqaradi. Futbolchining fikricha, shunda holatda to'rtta futbolchi hujumga o'tyapti, to'rttasi himoyalanadi, maydon markazida esa atigi ikki nafar futbolchi qolmoqda. Shu sababli, futbolchilar o'z kiyinish xonasida jamoa hujum ham qilmayapti, himoyada ham yaxshi o'ynamayapti degan gap-so'zlar paydo bo'lmoqda.
13-Dekabr 2020,19:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0