«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoa safidagi 105-golini urdi. Forvard Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan «Ovedo»ga qarshi o'yinda (3:1) bitta gol muallifi bo'ldi.Shu yo'l bilan u kataloniyaliklarning sobiq braziliyalik hujumchisi Neymar bilan gollar sonida tenglashdi, deb xabar bermoqda MisterChip o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.Levandovski 2022 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Hozirgi paytda futbolchining transfer bahosi 12 mln evro etib belgilangan.Xans-Diter Flik boshqaruvidagi «Barselona» 16 ochko to'plab, La Liganing turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Keyingi turda, 28 sentyabr kuni, «Barselona» o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qiladi.