FIFA turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarni e'lon qildi. Xabaringiz bor, yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nominatsiyasi g'olibi FIFAga a'zo mamlakatlar terma jamoalar sardorlari, bosh murabbiylari va matbuot kotiblari bergan ovozlari yordamida aniqlanadi. Birinchi o'rinda ko'rsatilgan nomzodga 5 ball, ikkinchi o'rindagi nomzoda 3 ball va uchinchi pog'onada nomzodga 1 ball beriladi.Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu birinchi o'ringa Levandovski, ikkinchi qatorga Lionel Messi va uchinchi pog'onaga Kilian Mbappeni qo'ydi. Shu tariqa, Ronaldu faoliyati davomida ilk marta argentinalik futbolchini kuchli uchlikka kiritdi. Shu paytgacha u na "Oltin to'p" va na "The Best" sovrini uchun o'tkazilgan so'rovnomada Messini kuchli uchlikka kiritgandi.Messining o'zi esa bu safar ketma-ketlik bo'yicha Neymar, Mbappe va Levandovskiga ovoz berdi."The Best" sovrini g'olibi Robert Levandovskining tanlovi quyidagicha bo'ldi: Tyago Alkantara, Neymar, Kevin de Bryuyne.
18-Dekabr 2020,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0