Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Dani Alvesh nima uchun 2016 yili jamoani tark etganini tushuntirib berdi.
«Men xudbin yoki yomon odam emasman. Albatta, «Barselona»ni sog'inaman. Har doim sog'inaman, chunki u mening ikkinchi uyim. Kuni kecha yaqinlarimga «Barselona»da sakkiz yil o'ynaganimni, zahira chiqish yo'li orqali ketganimni aytib berdim.
Men o'sha paytda o'zimni juda yomon his qildim, chunki men «Barselona» uchun ko'p mehnat qildim va ular men bilan shartnoma uzaytirishni xohlashmadi. Lekin o'zimni qadrsiz deb hisoblamadim.
«Real» va boshqa klublar menga yaxshigina taklif bilan chiqishgandi, lekin men «Barselona»ni tanlaganman. Ketish vaqt kelganida bu borada o'zim qaror qabul qilish huquqiga ega bo'ldim. Lekin, tantanali ravishda kuzatib qo'yishlarini xohlamadim.
Men o'zimga yoqmagan vaziyatda qolib ketgandim. Lekin afsuslanmayman, chunki tozaman. Ketayotgan paytimda boshqa klubda qadr-qimmatga ega bo'lishimni isbotlab, keyin ortga qaytishni o'ylagandim», – dedi Alvesh Marca bilan intervyuda.
25-Dekabr 2020,22:30