"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoaning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu bilan munosabati haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. "U meni aldadimi? Ha, ko'p narsalarda u meni aldadi. Ikir-chikirini aytib o'tirmayman, bu "oila siri". Men esa klubda ro'y bergan bunday narsalarni muhokama qilishni istamayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, Bartomeu bir necha yil davomida meni aldab keldi". Argentinalik futbolchi, shuningdek, "Barselona" klubi ijtimoiy tarmoqlar orqali Messini tanqid qilish va Bartomeuni qo'llab-quvvatlash maqsadida pul to'lagani haqida xabarga o'z munosabatini bildirdi. "Men bunga ko'p ahamiyat berib o'tirmadim. Klub shundoq ham oson bo'lmagan vaqtni boshidan kechiryapti. Bunga nisbatan muhimroq narsalar bor. To'g'risi, men bunga jiddiy qaramadim", - dedi Messi.Eslatib o'tamiz, Bartomeu 2014 yilning yanvar oyidan 2020 yilning oktyabriga qadar "Barsa" prezidenti lavozimida ishladi.
28-Dekabr 2020,08:10
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0