Xabaringiz bor, Messi "Atletik"ka qarshi o'yinda kiritgan golini bu mavsumda ilk bor mana shunday yuqori kayfiyatda nishonladi. Mana shu suratda bugungi "Barselona" va Messining nega klubdan ketmoqchi ekani namoyon bo'ladi.
Golning 95 % ulushi Pedriga tegishli. Pedrining o'sha paytdagi nozik va didli harakati "Atletik"ning butun boshli tarkibini "muzlatib" qo'ydi. Ehtimol, Messining yodiga yoshlik davrlaridagi Ronaldino, Xavi, Inesta, Suares, Neymar, Pedro kabi maestrolar bilan o'ynagan davrlari tushgandir. Hozirgi "Barselona" unday emas. Qarib qolgan Pike, Buskets, "pishib etilmagan" Dembele, Dest, oldingi klubidagi haybatidan soyasi qolgan Grizmann, Koutino, Suaresning "munosib o'rinbosari" Breytveyt, "qovun tushirishda bardavom" Lengle, Umtitilar uning darajasi emas. Buning barchasi boshqaruv tizimidagi muammolar oqibatidir. Ketish kayfiyatiga tushgan, hafsalasiz Messiga Pedrining kechagi harakati yoshlik davrlari va u bilan elkama-elka o'ynagan sheriklarini yodiga solgan bo'lsa ehtimol. Va Leo o'sha yillardagi ishtiyoqli va "o'zga sayyoralik"ka aylandi.
Messi oldida ikki yo'l: jamoada qolib, Fati, Pedri, De Yong kabi javohirlar bilan natija qilish yoki mana shunday nostalgiyalarni ba'zida eslab, mavsum yakunida klub bilan xayrlashish.
Nima bo'lsayam Leo "Barselona"ni super klubdan kosmik darajaga olib chiqdi. Bu uchun hurmatga lo
11-Yanvar 2021,10:10